Oʻzbekistonlik sportchilar oilasida tugʻilgan figurali uchuvchi jahon rekordini oʻrnatdi
Amerikalik figurali uchuvchi Ilya Malinin jahon rekordini yangilab, jahon chempioniga aylandi. 19 yoshli sportchi oʻzbekistonlik figurali uchuvchilar Tatyana Malinina va Roman Skornyakov oilasida tugʻilgan. Bu haqda sport 24 xabar bermoqda.
Roman Skornyakov 1997-2003-yillarda figurali uchish boʻyicha Oʻzbekiston chempioni boʻlgan. 1998 va 2002-yillardagi qishki Olimpiya oʻyinlarida ham mamlakatimiz sharafini himoya qilgan.
Tatyana Malinina 1993-yildan 2002-yilgacha Oʻzbekiston terma jamoasi vakili boʻlib, turli Gran-prilar gʻolibi boʻlgan. Shuningdek, u 1999-yilda Toʻrt qitʼa turnirida oltin medalga ega chiqqan.
Eslatib oʻtamiz, Malinin ota-onasi va murabbiyi Rafael Aratyunyan qoʻl ostida mashgʻulotlar olib boradi.
Avvalroq «Kursiv» 22-30-aprel kunlari xokkey boʻyicha U18 Osiyo chempionati Oʻzbekistonda boʻlib oʻtishi haqida xabar bergan edi.