Qirgʻiziston Rossiyadan gaz importini 500 million kub metrga oshirmoqchi
Qirgʻiziston «Gazprom» bilan 500 million kub metrdan ortiq gaz sotib olish boʻyicha muzokaralar olib bormoqda, dedi Qirgʻiziston respublikasi Energetika vaziri oʻrinbosari Talaybek Baygaziyev.
Qirgʻiziston bugungi kunda yiliga 300–340 million kubometr gaz import qiladi. Bishkek yonilgʻi yetkazib berish hajmini 1 milliard kub metrgacha oshirishni rejalashtirmoqda.
Baygaziyevning qoʻshimcha qilishicha, tomonlar Rossiya gazining Qirgʻiziston orqali Xitoyga tranzit qilishni koʻrib chiqmoqchi emas. Davlatlar elektr stansiyasini qurishni rejalashtirmoqda.
Bungacha «Gazprom» rahbari Aleksey Miller 2025-yil noyabr oyi boshiga qadar kompaniya Markaziy Osiyo mintaqasiga gaz yetkazib berish hajmini sezilarli darajada oshirish niyatida ekanini aytgan edi.
Shuningdek, kompaniya Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Qirgʻiziston bilan 15-yil muddatga gaz boʻyicha shartnomalar tuzishni moʻljallamoqda.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda gaz qazib olish deyarli 6 foizga kamayib, 7,7 milliard kub metrni tashkil qilgani haqida maʼlum qilgan edi.