Rossiyadagi terakt vaqtida ozarbayjonlik yuzdan ortiq odamni qutqarib qoldi (xabar yangilandi)

eʼlon qilindi
SHOT Telegram-kanalidagi ma'lumotlarga ko'ra
Foto: «Kommersant»

Ozarbayjon fuqarosi Kamil Nesibov Moskva viloyatidagi Crocus City Hall konsert zalida sodir etilgan terakt chog‘ida yuzdan ortiq odamni qutqardi, deb xabar berdi SHOT Telegram-kanali. (Xabar yangilandi. Avvalroq ushbu Telegram kanalida O‘zbekiston fuqarosi 100 dan ortiq odamni qutqarib qolgani haqida xabar bergan edi).

Nesibovning so‘zlariga ko‘ra, u dugonasi bilan ushbu majmuada ofitsiant bo‘lib ishlagan. Ularning smenasi 19:55 da tugagan. Biroq, portlash va shovqinni eshitib, ular Crocus ga qaytib kelishgan.

Ozarbayjonlik yigit bir necha yaradorni yo‘l chetiga sudrab olib, konsertga kech qolganlarni tarqatib yuborgan. Nesibov shuningdek, 80 nafar jabrlanuvchini binodan chiqishiga yordam bergan.

Terakt 22 mart kuni sodir bo’ldi. Shu kuni bir guruh qurollangan odamlar Crocus City Hallda otishma boshladi. Bugungi kunga kelib, 137 kishi halok bo‘lgani, 180 dan ortiq kishi jarohat olgani ma’lum.

Avvalroq «Kursiv» terakt sodir etganlikda ayblanayotganlarga nisbatan ehtiyot chorasi qo‘llangani haqida yozgan edi.

Shuningdek