Toshkentda havo bugun +27° gacha isiydi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Shaharda yog'ingarchilik kutilmaydi
                    
                            
25-mart, dushanba kuni Toshkentda havo +25…+27° gacha isiydi, poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi, deb xabar berdi «O‘zgidromet».
IQAir monitoring resursiga ko‘ra, soat 9:34 da poytaxtdagi havo sifati yaxshi deb baholanmoqda. Shu bilan birga, PM 2,5 zarralarining konsentratsiyasi ruxsat etilgan me’yordan 1,1 barobarga oshdi.
Oʻzbekistonda bugun oʻrtacha kunlik havo harorati +23…+28°, togʻli hududlarda +12…+17° boʻladi.
Avvalroq «Kursiv» hafta boshida O‘zbekistondagi ob-havo haqida yozgan edi.
