Toshkentda «Yangi аvlod» sanoat zonasi ochiladi
eʼlon qilindi
U Yangixayot tumanida joylashadi
Toshkent shahrining Yangihayot tumanida «Yangi avlod» maxsus industrial zonasi tashkil etiladi. Bu haqdagi qaror O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan.
Maydoni 660 gektar boʻlgan sanoat zonasini barpo etish tashabbusi fevral oyi oxirida davlat rahbari boshchiligidagi yigʻilishda eʼlon qilingan edi.
2025-yil oxirigacha hududni rivojlantirish 1,5 milliard dollargacha miqdorda xorijiy investitsiyalarni jalb etishi rejalashtirilgan.«Yangi avlod»ning eksport salohiyati yiliga 5 million dollarga baholanmoqda.
«Yangi avlod»dagi yer uchastkalari «E-auksion» platformasi orqali onlayn-auksionda ijaraga beriladi.
Avvalroq «Kursiv» Andijon viloyatida «Ipak yo‘li» erkin iqtisodiy zonasi tashkil etilishini yozgan edi.