Umra ziyoratini tashkil etish uchun litsenziya joriy etilmoqda
eʼlon qilindi
Tegishli qonun Qonunchilik palatasi tomonidan ko‘rib chiqildi
Umra ziyoratini qonunchilikda tartibga solish va ziyoratchilarning huquqlarini ta’minlash maqsadida bunday tadbirni tashkil etish va o‘tkazish uchun litsenziya joriy etilmoqda.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida «Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida»gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasi muhokama qilindi, deb xabar beradi UzA.
Avvalroq «Kursiv» Umra tashkilotchilarining ayrimlarining litsenziyalari to‘xtatilganini yozgan edi.