Yetti nafar o‘zbekistonlik bokschi WBC reytingiga kirdi
eʼlon qilindi
Ro‘yxatga Bahodir Jalolov va Bektemir Meliqo‘ziev kiritilgan

Butunjahon boks kengashi (WBC) yanvar oyidagi eng yaxshi bokschilar reytingiga O‘zbekistondan yetti nafar sportchi kirdi.
O‘ta og‘ir vazn toifasida Bahodir Jalolov 13-o‘rinni, Bektemir Meliqo‘ziev esa o‘rta vazn toifasida 13-o‘rinni egalladi.
Sakkizinchi o‘rinda yarim o‘rta vazn toifasida Isroil Madrimov joylashgan.
Yarim o’rta vazn toifasida Shahram G’iyosov 14-o’rinni, Jahongir Rasulov 31-o’rinni egalladi.
WBC, shuningdek, Murodjon Ahmadalievni yengil vaznda to’rtinchi, Hasanboy Do’smatovni esa beshinchi deb tan oldi.
Avvalroq Kursiv o‘zbek bokschilari Great Silk Way turnirining ikkinchi bosqichiga chiqqani haqida yozgan edi.