Fargʻona neftni qayta ishlash zavodining daromadi yil davomida 24,3 baravarga oshdi

eʼlon qilindi
Sof foydasi 469,6 milliard soʻmga yetdi
Foto: Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Fargʻona neftni qayta ishlash zavodining (FNQIZ)  2023-yilda sof foydasi 469,6 milliard soʻmga yetdi, bu 2022-yilga nisbatan 24,3 baravar koʻpdir.

Shu bilan birga, korxonaning tushumi yil davomida 21,3 foizga kamayib, 1,6 trillion soʻmni tashkil etdi. Zavodning aktivlari boʻlsa, 60,7 foizga oʻsib, 5,6 trillion soʻmga yetdi.

FNQIZ 1959-yilda tashkil etilgan boʻlib, Korxona dizel yonilgʻisi, kokos, turli xil motor va dizel moylari bitum, mazut kabi 56 dan ziyod turli neft mahsulotlarini ishlab chiqaradi.

2022-yilda zavod Saneg tomonidan $100 million dollarga xususiylashtirilgan. Zavodning yangi egasi korxonani modernizatsiya qilish uchun $400 million dollardan ortiq sarmoya kiritishini rejalashtirmoqda.

FNQIZ 2023-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga koʻra, neftni qayta ishlash koʻrsatkichlari 61 foizga oshib, 650,5 ming tonnani tashkil etganini maʼlum qilgan edi. Shuningdek, oʻtgan yilning dekabr oyida kompaniya benzin ishlab chiqarishni 21 foizga – kuniga 3,3 ming tonnadan 4 ming tonnagacha oshgani haqida xabar bergan edi.

Avvalroq «Kursiv» 2024-yilning dastlabki ikki oyida Oʻzbekistonda 118,5 ming tonna neft qazib olingani haqida maʼlum qilgan edi.

Shuningdek