Namangan viloyatida 35 ming oilaga kredit ajratiladi
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatida gulchilik, baliqchilik, asalarichilik, chorvachilik va meva-sabzavot yetishtirish bilan shugʻullanayotgan 35 ming oilaga kredit ajratish boʻyicha topshiriq berdi. Bu haqda davlat rahbari Namangan viloyatida bo‘lib o‘tgan yigʻilishda maʼlum qildi.
Prezident Sayxunobod tajribasini asos qilib olgan holda Uychi tumanidagi 56 ta mahallada ishsizlik va kambagʻallikdan holi hududga aylantirish, tomorqadan 60-70 million soʻm daromad olish boʻyicha namuna yaratish topshirildi. Buning uchun jami 4 mingta xonadonni tanlab olib, ularning daromadini oshirish choralari koʻriladi. Keyingi bosqichda yana 4 mingtasiga moliyaviy, texnik, maslahat va boshqa koʻrinishdagi amaliy yordam beriladi.
Shuningdek, yigʻilishda prezident soʻnggi yetti yilda viloyat iqtisodiyoti ikki barobar, eksport esa uch barobar oshganini taʼkidladi. Natijada aholi jon boshiga daromad 15,5 million soʻmga yetdi. Lekin Mirziyoyev viloyat salohiyati toʻliq ishga tushmagani uchun ayrim mutasaddilarning ishini tanqid qildi.
Aholiga berilgan 16 ming gektar maydonning 3,5 ming gektari boʻsh yotibdi. Norin, Pop, Chortoq, Yangiqoʻrgʻon tumanlarida sanoatlash darajasi pastligini qo‘yimcha qildi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq davlat rahbari Namangan viloyatiga tashrifi chogʻida iftorlik qilgani haqida xabar berilgan edi.