Oʻzbekistonda zargarlik zonalari tashkil qilinadi

eʼlon qilindi
Shuningdek, oltinni qayta ishlash va sotish markazi ishga tushiriladi
Foto: Sofizar

Oʻzbekistonda tadbirkorlar uchun alohida sharoitlarga ega zargarlik zonalari tashkil qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrifi chogʻida maʼlum qildi.

Davlatimiz rahbari Oʻzbekistonda zargarlik mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport hajmini oshirish uchun juda katta salohiyat borligini taʼkidladi va mamlakatda zargarlik zonalarini tashkil qilish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Shuningdek, oltinni qayta ishlash va sotish markazi ishga tushiriladi.

Prezident Oʻzbekistonda qazib olinayotgan oltinni atigi 6 foizi qayta ishlanib, bor-yoʻgʻi $78 millionlik eksport boʻlayotganini qo‘shimcha qildi.

Foto: Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmati

Shuningdek, mutasaddilarga Turkiya tajribasi asosida Namanganda oltinni qayta ishlash va sotish boʻyicha yirik markazni ishga tushirish topshirildi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda oltin qazib olish hajmi yiliga 100 tonnani tashkil etishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek