Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasiga hokimning sobiq o‘rinbosari rahbarlik qiladi
eʼlon qilindi
Lavozimni Barhayot Meliyev egalladi

Barhayot Meliyev Toshkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi, deb xabar qildi Ekologiya vazirligi.
Meliyev 1987 yilda Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. Bu lavozimga tayinlangunga qadar u poytaxt viloyati hokimining shahar infratuzilmasini rivojlantirish, obodonlashtirish va kommunal xizmat ko‘rsatish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Avvalroq «Kursiv» Akmal Rasulov Toshkent Ekologiya boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgani haqida yozgan edi.