Dollarning narxi yana rekordni yangiladi

eʼlon qilindi
Bugun uning rasmiy kursi 12 600 so‘m darajasidan yuqoriga ko‘tarildi
Foto: Piqsels

27-mart kuni O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida dollarning o‘rtacha tortilgan qiymati 10,14 so‘mga ko‘tarildi va 12 600,14 so‘mni tashkil qildi. Ta’kidlash lozimki, AQSh valyutasining rasmiy kursi mamlakatda ilk bor 12 600 so‘m darajasiga yetdi.

Respublikaning moliya institutlari dollarni xarid qilish narxini 12 525 – 12 570 so‘m darajasida belgiladi. Banklarda AQShning valyutasi 12 590 – 12 650 so‘mdan sotilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, dollarning kursi 14-mart kuni rekord o‘rnatgan edi. Osha kun uning o‘rtacha narxi deyarli 21 so‘mga ko‘tarilib, 12 567,01 so‘mni tashkil qilgan edi. Keyingi rekord 25-mart kuni qayd etilgan edi (dollarning narxi — 12 597,07 so‘m).

Manba: O‘zRVB

Avvalroq «Kursiv» mart oyida dollarning qiymati qanday o‘zgargani haqida yozgan edi.

Shuningdek