Yangiliklar

Nega O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish yana bir bor surildi

Buning sababini Statistika agentligi vakili aytdi
Foto: bychukhin / www.depositphotos.com

O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish 2025-2026-yillarda o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda prezidentning yaqinda qabul qilingan qarorida aytilgan. Ilgari bu tadbir 2022-yilda o‘tkazilishi kerak edi, keyin esa 2023-yilga ko‘chirildi, ammo oxir-oqibat amalga oshmadi. 27-mart kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Statistika agentligi vakili sabablarni aytib o‘tdi.

“Aholini roʻyxatga olish boyicha 2019-yildan buyon tayyorgarlik ishlari boshlangan va davom etib kelyapti. 2021-yilda respublikamizning 4 ta hududida sinov tariqasida aholini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazdik, bu jarayonda roʻyxatga olishni 3 ta usulini sinab testdan oʻtkazdik», – deydi ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi boshlig‘i Qobil Berdiqulov.

Unga ko‘ra, endi vazifa butun respublika bo‘ylab internetga ulangan planshetlar yordamida aholini ro‘yxatga olishdan iborat.

2020-yilda pandemiya roʻy berdi, shuning uchun bu tadbir keyinga qoldirildi, dedi Berdiqulov. Unga ko‘ra, yangi rejalarga ko‘ra, aholini ro‘yxatga olish 2025-2026 yillarda o‘tkazilishi kerak. Agentlik vakili aholini ro’yxatga olishning keyinga surilishining asosiy sabablari qatorida moliyaviy komponentni ham aytib o’tdi. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, jarayonni tashkil etish uchun 800 milliard soʻmga yaqin mablagʻ talab qilinishi mumkin, dedi u.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidentining yuqoridagi farmoni bilan aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha qator tashkiliy chora-tadbirlar belgilangan. Jarayonning mazmun-mohiyatini tushuntirish uchun Statistika agentligi tomonidan videoroliklar, bannerlar, flayer va bukletlar tayyorlanadi.