Novgorod viloyatida migrantlarni ishga qabul qilish taqiqlangan

eʼlon qilindi
Endi ular taksi haydovchisi bo'lib ishlay olmaydi va spirtli ichimliklar sotishi ham taqiqlanadi
Rasm: Dzen

Novgorod viloyatidagi mehnat muhojirlariga taksi va jamoat transporti haydovchisi sifatida ishlash taqiqlandi, bu haqda viloyat gubernatori Andrey Nikitin qaror imzoladi.

Chet ellik ishchilarga alkogolli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini sotish ham taqiqlangan. Hujjatda ta’kidlanishicha, Novgorod kompaniyalari mehnat muhojirlarini joriy yilning 26-iyuniga qadar ishdan bo‘shatishlari kerak.

Kiritilgan taqiq Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YEOI) a’zo boʻlgan davlatlar fuqarolariga taalluqli emas.

2024-yil fevral holatiga ko‘ra, Rossiyada 1 millionga yaqin O‘zbekiston fuqarosi mehnat qilgan. Jami 2 millionga yaqin vatandoshimiz xorijda ishlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Yekaterinburgdagi savdo-ko‘ngilochar markazlardan birining rahbariyati ijarachilardan Markaziy Osiyodan kelgan xodimlar haqida ma’lumot berishni so‘ragan.

Avvalroq «Kursiv» Rossiyada o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishlamagan migrantlar mamlakatni tark etishga majbur bo‘lishini yozgan edi.

Shuningdek