Oʻzbekistonda 1-iyuldan katta yoʻl boʻyida joylashgan maktablar oldida video-fotoradarlar oʻrnatiladi

eʼlon qilindi
Bu haqda hukumat qarori imzolandi.
Foto: maykal / depositphotos.com

Oʻzbekistonda 1-iyuldan yoʻl boʻyida joylashgan maktablar oldiga, koʻp YTH sodir boʻladigan joylarga video-fotoradarlar oʻrnatiladi. Bu haqda hukumatning tegishli qarori imzolandi.

Hujjatda qayd etilishicha, yoʻl boʻyida joylashgan maktablar oldida, yoʻllardagi piyodalar oʻtish joylarida, YTH oʻchoqlarida, temiryoʻl kesishmalarida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini oʻrnatgan holda, yoʻl harakati ishtirokchilarining xavfsizligini taʼminlash ishlarini samarali tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlarni belgilandi.

Shu munosabat bilan 2024-yil 1-iyuldan boshlab yoʻl boʻyida joylashgan maktablar oldida, kamida toʻrt tasmali yoʻllardagi piyodalar oʻtish joylarida, YTH oʻchoqlarida, temiryoʻl kesishmalarida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari oʻrnatiladi.

mazkur loyiha «Xavfsiz yoʻl va xavfsiz piyoda” respublika jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda svetoforlar xususiylashtirish mumkinligi haqidagi xabarlar rad etilgani haqida maʼlumot bergan edi.

Shuningdek