Majburiy raqamli markalash joriy etilgunga qadar O‘zbekistonda dori vositalarining noqonuniy muomalasi hajmi 45-50 foizni tashkil etgan. Bu haqda «Kursiv»ga Soliq qo‘mitasining Mahsulotlar markalanishini nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i Ahmadbek Fayziev xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, markirovkalar joriy etilgunga qadar chiqarilgan dori vositalari 2025-yil sentabrigacha sotilishi mumkin.
2022-yilda O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2022-2025-yillarda dori vositalariga markirovka qilishni bosqichma-bosqich joriy etish to‘g‘risidagi qarori tasdiqlandi.
Bungacha respublikada markirovkalash bo‘yicha tajriba loyihasi o‘tkazilgan edi. Unda mahalliy va xorijiy dori vositalari ishlab chiqaruvchilari ishtirok etdi.
Avvalroq Kursiv 2024-yil fevral oyi boshida Namanganda qalbaki dori vositalari ishlab chiqarish to‘xtatilgani haqida yozgan edi.