Rossiya gazining Oʻzbekistonga yetkazib berilishiga talab ortib bormoqda — Qozogʻiston Energetika vazirligi
Qozogʻiston hukumati Rossiya gazining Oʻzbekistonga tranzitiga talab ortib borayotganini aytdi. Bu haqda Qozogʻiston respublikasi Energetika vaziri Almasadam Satkaliyev maʼlum qildi.
«Bu oʻzbekistonlik hamkasblarimizning arizalariga bogʻliq. Hozir ular dastlab belgilangan rejalardan biroz oshib ketishmoqda. Umuman olganda biz Rossiya gazining Oʻzbekistonga tranzitiga boʻlgan talab ortib borayotganini qayd etmoqdamiz», — dedi Satkaliyev Qozogʻiston joriy yilda Oʻzbekistonga gaz yetkazib berishni koʻpaytirishni rejalashtiryaptimi, degan savolga javob berar ekan.
Avvalroq 2026-yildan boshlab Rossiya gazining Qozogʻiston orqali Oʻzbekistonga yetkazib berilish qariyb toʻrt baravar oshirish rejalashtirilayotgani haqida xabar qilingan edi. Ikki yil ichida gaz yetkazib berish hajmi yiliga 11 milliard kub metrga yetishi kutilmoqda.