Surxondaryo viloyatida piyoz pishdi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                                                        
                            ( yangilandi)
                            
                                                            
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Mahsulot ichki va tashqi bozorga jo‘natiladi
                    
                            
Surxondaryo viloyati Qumqoʻrgʻon tumanida piyoz yigʻim-terimi boshlandi, deb xabar bermoqda Qishloq xoʻjaligi vazirligi matbuot xizmati.
Vazirlikning ma’lumotlariga koʻra, mazkur hududda yetishtirilgan hosil ichki bozorga va eksportga joʻnatiladi. Fermerlardan biri 3 ming tonna piyoz yigʻib olishni kutayotganini aytdi.
Eslatib oʻtamiz, 2024-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston xorijga $18,4 millionlik 73,1 ming tonna piyoz eksport qilindi.
2023-yil yakuniga koʻra, mamlakatimizdan $61,2 million dollarlik 299,6 ming tonna piyoz eksport qilindi.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston joriy yilning dastlabki ikki oyda 250 ming tonnadan ortiq sabzavot-meva eksport qilgani haqida xabar bergan edi.
