Yangiliklar

Buyuk Britaniyada rasman ishlash uchun nima qilish kerak

Bu haqda Xalqaro migratsiya tashkiloti xabar berdi
Rasm: Freepik

Xalqaro Migratsiya Tashkiloti (IOM) Buyuk Britaniyaning mavsumiy ishchilar sxemasi ishtirokchilari uchun video qo‘llanma ishlab chiqdi. Videoroliklar seriyasi Buyuk Britaniyaning Tashqi ishlar, Hamdoʻstlik va xalqaro taraqqiyot byurosi koʻmagida ishlab chiqarilgan.

Buyuk Britaniyada mavsumiy ishchilar sxemasi.

Ushbu material dastur ishtirokchilariga ishga qabul qilish tartibi, ish vaqti, yashash sharoitlari, ish haqi va soliqlar, shuningdek, huquq va majburiyatlarni bilishga yordam beradi.

Buyuk Britaniyaning mavsumiy ishchilar sxemasi 2022-yildan beri Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda va odamlarga Buyuk Britaniyadagi fermer xo‘jaliklarida olti oy davomida terimchi sifatida ishlash imkonini beradi.

Avvalroq «Kursiv» Janubiy Koreya Adliya vazirligi chet elliklar uchun erta moslashish dasturini kengaytirib, 2,5 ming mavsumiy ishchini ham qamrab olishi haqida xabar bergan edi.