Harakatlanib ketayotgan avtomashina ustida qoʻshiq kuylagan «xonanda» jarimaga tortildi. Bu haqda «Renessans» telekanali xabar berdi. Bu haqdagi video Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining Telegram-kanalida e’lon qilindi.
Maʼlum boʻlishicha, voqea Qoraqalpogʻiston respublikasi Beruniy tumanida davlat ahamiyatiga molik boʻlmagan ichki yoʻllarning birida 1996-yilda tugʻilgan fuqaro tomonidan sodir etilganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan Yoʻl harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan fuqaro bilan profilaktik maslahatlar oʻtkazdi va jarimaga tortildi. Shuningdek, avtomashina ham tegishli tartibda jarima maydonchasiga qoʻyildi.
Avvalroq «Kursiv» 2023-yilda Oʻzbekistonda yoʻl-transport hodisalari oqibatida 2282 kishi halok boʻlgani haqida xabar bergan edi.