Moskvadagi teraktdan keyin migrantlar ustidan nazorat kuchaytirildi — BBC

eʼlon qilindi
Ayniqsa, Tojikiston fuqarolariga nisbatan
Foto: inbusiness.kz

Moskva viloyatidagi Crocus City Hall konsert zalida sodir etilgan teraktdan soʻng xorijliklar tomonidan Rossiyaga kirish qoidalari buzilishi boʻyicha Moskva sudlari koʻproq qarorlar chiqara boshladi, deb xabar bermoqda BBC rus xizmati.

Unga koʻra, 25-27-martga qadar 784 ta shunday hujjat roʻyxatga olindi. Oʻtgan hafta davomida ularning umumiy soni 1106 tani tashkil etdi. Gap Rossiya federatsiyasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 18.8-moddasida nazarda tutilgan qarorlar haqida bormoqda.

Chet elliklar bilan ishlaydigan advokatlardan birining soʻzlariga koʻra, Moskva politsiyasi poytaxtdagi migratsiya holatini tekshirishni kuchaytirgan. Tojikiston fuqarolariga esa alohida eʼtibor qaratilmoqda. Mahalliy diaspora tojikistonliklarni Rossiya federatsiyasidan chiqarib yuborish boʻyicha qarorlar toʻlqinlarini kutmoqda.

22-mart kuni Moskva viloyatidagi Crocus City Hall konsert zalida bir guruh qurollangan odamlar otishma sodir etgan. Keyinchalik Bryansk viloyatida qoʻlga olinganlar shaxslar Tojikiston fuqarolari ekani maʼlum boʻlgan edi.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, qurbonlar soni 143 kishini tashkil qilgan. Bu zamonaviy Rossiya tarixidagi Beslan maktabidagi voqealardan keyin sodir boʻlgan ikkinchi yirik teraktdir.

Shuningdek