2023-yilda O‘zbekiston va Tatariston o‘rtasidagi tovar aylanmasi hajmi 370 million dollarni tashkil etdi, bu 2022-yilga nisbatan 27 foizga ko‘pdir. Bu haqda Tatariston raisi Rustam Minnixonovning Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida ma’lum bo‘ldi.
Surxondaryo viloyati rahbariyati bilan uchrashuvda Minnixonov Tatariston sarmoya uchun ochiq va xorijiy kompaniyalar uchun Rossiya bozoriga kirish nuqtasi ekanligini ta’kidladi.
Tomonlar, shuningdek, Tatariston ishlab chiqaruvchilari mahsulotlarini yetkazib berish va Termiz shahrida joylashgan «Ayritom» erkin savdo zonasi imkoniyatlaridan foydalanish masalalarini muhokama qildilar.
Avvalroq «Kursiv» 2024-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 10 foizga oshgani haqida yozgan edi.