Oʻzbekiston vazirlik va davlat idoralari xodimlari Kuala-Lumpurdagi oʻquv kurslarida malaka oshiradi. Oʻzbekistonning Malayziyadagi elchisi Karomiddin Gadoyev va Malayziya Tashqi ishlar vazirligi bosh kotibi oʻrinbosari Bala Chandran Tarman bilan bo‘lgan uchrashuvda bu haqda kelishib olindi, deb xabar bermoqda «Dunyo» axborot agentligi.
Treninglar iqtisodiy diplomatiya, davlat boshqaruvi, korrupsiyaga qarshi kurashish, islomiy moliya va bank ishi, halol sanoat, mintaqaviy iqtisodiy rivojlanish, axborot texnologiyalari, taʼlim, kiberxavfsizlik, turizm kabi yoʻnalishlarda olib boriladi.
Kurslar Malayziyaning texnik hamkorlik dasturi doirasida asosida tashkil qilinadi.
Shuningdek, uchrashuvda Kuala-Lumpurning 2025-yilda Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasiga (ASEAN) raisligi doirasida oliy darajadagi muloqotlarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Avvalroq Oʻzbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari rahbarlari uchun KPI belgilanishi haqida xabar berilgan edi.