O‘zbekistonlik diplomatlar Turkiya rasmiylariga Istanbul aeroportidagi qo‘pollikdan shikoyat qildi

eʼlon qilindi
2024-yilning ikki oyida 160 dan ortiq vatandoshlar mamlakatga kiritilmagan
Foto: philipus / www.depositphotos.com

O‘zbekiston fuqarolari mamlakatning Istanbuldagi Bosh konsulligi e’tiborini mahalliy aeroportda politsiya xodimlarining qo‘pol xatti-harakatlari holatlariga qaratdi. Diplomatlar Turkiya rasmiylariga murojaatida bu muammoni ko‘tardi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

«Fuqarolarimizning barcha shikoyat va eʼtirozlari diplomatik kanallar orqali Turkiya tomoniga yetkazilgan, hozirda rasmiy tashkilotlar bilan muzokaralar olib borilmoqda», — deyiladi Bosh konsullik xabarida.

Shuningdek, ular O‘zbekiston fuqarolarini Turkiya qonunlarini hurmat qilishga chaqirdilar.

Yanvar-fevral oylarida 163 nafar O‘zbekiston fuqarosi Turkiyaga kiritilmagan. Ulardan 54 nafari avval ushbu mamlakatda huquqbuzarlik sodir etgan.

Istanbul aeroporti avvalroq xorijliklarga nisbatan nazorat choralarini kuchaytirgan edi. Yo‘lovchilarning terrorchilik tashkilotlariga aloqadorligi tekshiriladi.

Avvalroq «Kursiv» 2023-yilda O‘zbekistonga 106,5 ming turkiyalik sayyoh tashrif buyurganini yozgan edi.

Shuningdek