Qozogʻiston Oʻzbekistonga gaz tranzitini 3,8 mlrd kub metrgacha oshiradi

eʼlon qilindi
Ilgari bu ko‘rsatkich 1,28 mlrd kub metrni tashkil qilgan edi
Foto: photojimdp/Depositphpotos

Rossiya gazining Qozogʻiston orqali Oʻzbekistonga tranziti joriy yilda 3,8 mlrd kub metrni tashkil qiladi, bu oʻtgan yilga nisbatan qariyb uch baravar koʻpdir. Bu haqda «TASS» Qozogʻiston Energetika vazirligiga tayanib xabar bermoqda.

Qozogʻiston vazirligi maʼlumotlariga koʻra, avval Oʻzbekistonga Qozogʻiston orqali 1,28 mlrd kub metr yonilgʻisi yetkazib berilgan edi.

Eslatib oʻtamiz, «Gazprom» korporatsiyasi Oʻzbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari bilan 15 yilga moʻljallangan gaz shartnomasini imzolashni rejalashtirgan.

Joriy yilning yanvar-fevral oylari yakunlariga koʻra, Oʻzbekistonga qariyb $167 millionlik gaz import qilingan boʻlsa, eksport esa $26,7 millionga yetdi. Shu davrda mamlakatimizda gaz qazib olish hajmi 7,7 milliard kub metrni tashkil etdi. Yil davomida bu koʻrsatkich deyarli 6 Foizga kamaydi.

Avvalroq «Kursiv» Qirgʻiziston Rossiyadan gaz importini 500 million kub metrgacha oshirishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek