Toshkentda havo sifati yomonlashdi
eʼlon qilindi
Atmosferadagi PM2.5 miqdori odatdagidan besh baravar yuqori bo‘ldi
IQAir havo sifati monitoringi portali maʼlumotlariga koʻra, 28-mart, payshanba kuni soat 10:10 holatiga koʻra, Toshkent havosidagi PM2.5 zarralari konsentratsiyasi meʼyordan besh baravar oshib ketgan.
Kecha poytaxt havosida bunday moddalarning konsentratsiyasi me’yorda edi.
PM2.5 – chang, asfalt, shinalar va og’ir metal birikmalaridan zarralar. Ular nafas olish yo’llari va yurak-qon tomir tizimi kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin.
11:30 holatiga ko‘ra havoda PM2.5 miqdori normadan 2 barovar yuqoriligi ma’lum boldi/
Avvalroq «Kursiv» fevral oyida Toshkent havoning ifloslanishi bo‘yicha shaharlar reytingida birinchi o‘rinni egallagani haqida yozgan edi.