Toshkent shahrida jamoat transporti faoliyatini optimallashtirish uchun yagona intellektual tizim joriy etiladi. Bu haqda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tegishli qarorni imzoladi.
Platformada yoʻlovchilar oqimi, avtobuslarning texnik holati va haydovchilar ishini tahlil qilish, shuningdek, toʻlovlar kelib tushishini nazorat qilish hamda ajratilgan yoʻlaklarda yoʻl harakati qoidalarini buzish holatlarini qayd etish koʻzda tutilgan.
Shuningdek, 1 iyunga qadar jamoat transportida yoʻl haqini elektron toʻlov tizimlari orqali toʻlashda imtiyozli tariflar nazarda tutilgan.
Maʼlumot uchun, 29-mart kuni Toshkent shahrida «Avtomobilsiz kun» aksiyasi oʻtkaziladi.