29-mart kuni respublikada yog‘ingarchilik kutilmoqda
eʼlon qilindi
Qor ko‘chishi xavfi bor
Bugun, 29-mart kuni respublikada yog‘ingarchilik bo‘ladi, shamol esadi. O‘zbekiston bo‘ylab harorat darajasi pasayadi va 10-15 iliq bo‘ladi, deb xabar beradi O‘zgidromet.
Toshkent shahrida havo bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Kunduzi havo harorati 10-12 iliq, kechasi esa 7-9 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo bulutli bo‘ladi. Yog‘ingarchilik ba‘zi joylarida bo‘ladi, ayrim joylarida esa kuchli bo‘lishi ehtimoli bor .Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Kuchli shamol bo‘ladi ayrim joylarda.Havo kunduzi va kechasi 2-7 iliq bo‘ladi.