Oʻzbekistonda 444 ta yashil bog‘ va 160 ta jamoat parklar barpo etiladi. Bu haqda davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev bahorgi ekish mavsumini tashkil qilish hamda chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan yig‘ilishda aytib o‘tdi.
Bu yangi «Mening bog‘im» loyihasi doirasida ko‘zda tutilgan bo‘lib, unga 50 mlrd so‘m ajratiladi.
Prezident, shuningdek, barcha hududlarda yangi barpo etilgan obyektlarga majburiy koʻchat ekish joriy etilishini – obodonlashtirish maydoni 30 foizdan kam boʻlmasligi kerakligini aytdi.
Joriy yilda ham maktab, shifoxona va boshqa ijtimoiy soha obyektlariga 4 mln tupdan ortiq ko‘chat bepul tarqatiladi. Yirik sanoat korxonalari barcha sanoat hududlari atrofida yashil hududlar yaratilishi aytib o‘tildi.
Qayta tiklanadigan energiya manbalari, poligon va suv omborlari atrofida yashil belbog‘lar yaratiladi – terak, qayrag‘och, tut, chinor ekiladi.
Avvalroq «Kursiv» Toshkent viloyati obodonlashtirish boshqarmalariga ko‘chat ekish uchun 30 gektardan ortiq yer maydoni o‘tkazilishi xabar qilgan edi.