29-mart kuni O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida dollarning o‘rtacha tortilgan qiymati 7,96 so‘mga ko‘tarildi va 12 628,05 so‘mni tashkil qildi. Mamlakat banklarida esa uning narxi 12 700 so‘mga yaqinlashib qoldi.
Moliya institutlari AQSh valyutasini 12 555 – 12 600 so‘mdan xarid qilishmoqda. Dollarning minimal sotish narxi esa 12 625 so‘m darajasida belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, 28-mart kuni dollarning o‘rtacha qiymati qariyb 20 so‘mga ko‘tarilgan edi.