Amerika sudi FTX kriptovalyuta birjasi asoschisi Sem Benkmen-Fridni kreditorlarni aldash va mijozlar mablag‘larini o‘g‘irlash ishi bo‘yicha hukm qildi, deb yozadi The Wall Street Journal.
Ayblov tomoni Benkmen-Frid uchun 50 yillik qamoq jazosini talab qildi. U shu muddatning yarmiga — 25 yil qamoq jazosiga hukm qilindi. Bundan tashqari, FTX asoschisi taxminan $11 mlrd jarima to‘lashi kerak.
«Boʻlgan hodisadan afsusdaman. Oxir-oqibat, men qaygʻurgan insonlarni ishonchini oqlamadim», dedi Bankmen-Frid sud majlisida.
FTX 2019-yilda ro‘yxatdan o‘tgan kripto birjasi bo‘lib, uning shtab-kvartirasi Bagama orollarida joylashgan. 2021-yilda o‘z segmentida uchinchi yirik kompaniya edi. Kelgusi yil boshida uning qiymati $32 mlrd baholangan edi. Biroq, noyabr oyida FTX tartibga soluvchi organlarning bir qator ayblovlaridan so‘ng bankrotlik to‘g‘risida ariza bergan edi. Buning ortidan kripto birjasi asoschisiga nisbatan firibgarlik bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Avvalroq «Kursiv» Benkmen-Fridning yettita firibgarlikda aybdor deb topilgani haqida yozgan edi.