Toshkent viloyatida Nurafshon, Bekobod, O‘rtachirchiq, Toshkent shahar va Ohangaron tumanlaridagi 34 gektar yer maydoni 30 yil muddatga ko‘chat ekish uchun obodonlashtirish boshqarmalariga beriladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.
Xar 1 gektar maydon uchun mahalliy byudjetdan 100 mln so‘m mablag‘ ajratilib, tomchilatib sug‘orish tizimi joriy etiladi. Bu hududlarda aholiga har qanday turdagi ko‘chatlar ekish uchun barcha sharoit yaratib beriladi.
Ushbu loyihani sinovdan o‘tkazish bo‘yicha har bir hududga kamida 20 gektardan yer ajratildi.
Bundan tashqari, prezident viloyatlar markazlarining kamida ikkita markaziy ko‘chalarida — Toshkent va Nukus shaharlarida tematik ko‘chalar tashkil etish bo‘yicha mahalliy iqlimga mos gullar ekish zarurligini ta’kidladi.
Eslatib oʻtamiz, oʻsha yigʻilishda Shavkat Mirziyoyev «Yashil makon» loyihasining amalga oshirilishini tanqid qilib, 3 nafar mansabdor shaxsni ishdan boʻshatishini maʼlum qilgandi.