Mirziyoyev ShHTning aksilterror tuzilmasi samaradorligini qayd etdi

eʼlon qilindi
Toshkentda ShHT MATT Kengashining 41-yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda
Foto: Imghub.ru

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (ShHT MATT) faoliyati samaradorligini ta’kidladi, deb yozdi «TASS».

Eslatib o‘tamiz, 29-mart kuni Toshkentda ShHT MATT Kengashining 41-yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

«ShHT MATT Ijroiya qoʻmitasi qisqa vaqt ichida yovuzlikning uch kuchiga qarshi kurashda ShHTga aʼzo davlatlar vakolatli organlari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni muvofiqlashtirishga koʻmaklashish va bir qator masalalarni hal etishda oʻz samaradorligini koʻrsatdi», – dedi davlat rahbari yig‘ilish ishtirokchilariga yo‘llanilgan maktubida. Tabrikni O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmatining birinchi o‘rinbosari Botir Tursunov o‘qib eshittirdi.

MATTning maqsadi ShHTga aʼzo davlatlarni terrorizmga qarshi kurashda muvofiqlashtirishdan iborat. 2013-yildan buyon tashkilotga aʼzo davlatlarning tashqi va ichki chegaralarida qoʻshma chegara operatsiyalarini oʻtkazmoqda.

Avvalroq «Kursiv» Xitoy ShHT davlatlari bilan xavfsizlik sohasida hamkorlikni kuchaytirishi haqida yozgan edi.

Shuningdek