Octobank’ning 2023-yildagi sof foydasi 74,7 mlrd. Moliyaviy tashkilot 2022-yilni 8,5 mlrd so‘m zarar bilan yakunlagan, deb xabar berdi KAP DEPO investitsiya kompaniyasi.
2024-yil yanvar oyi boshida Octobank’ning aktivlari 2,4 trln so‘mni, ustav kapitali esa 479,3 mlrd so‘mni tashkil qildi.
Respublika Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning mart oyi boshida Octobank’dagi kreditlar ulushi 75,6 foizga yoki 111 mlrd so‘mga yetdi.
Octobank (sobiq Ravnaq-bank) 2001-yilning yozida tashkil etilgan. «Toshkent» Respublika fond birjasi a’zosi va O‘zR banklar assotsiatsiyasi a’zosi hisoblanadi.
Avvalroq «Kursiv» Aloqabank’ning 2023-yildagi foydasi 607,6 mlrd so‘mga yetganini yozgan edi.