Yangiliklar

O‘zbekistonda brakonyerlik uchun jazo kuchaytiriladi

Elektr bilan baliq ovining ko‘payishi tufayli
Rasm: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekistonda brakonyerlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi, bu haqda davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev topshiriq berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi paytlarda daryolar va boshqa tabiiy suv havzalarida elektr bilan baliq ovlash holatlari tez-tez uchragan. Joriy yilning o‘tgan davrida elektr bilan holda 39 ta, to‘rdan foydalangan holda 436 ta noqonuniy baliq ovlash holatlari aniqlangan.

Prezident boshqarmalarga brakonyerlik ustidan nazoratni kuchaytirish bo‘yicha topshiriq berdi.

Eslatib oʻtamiz, Qoraqalpogʻistonda Buxoro bugʻularini ovlab, tabiatga 1 mlrd soʻmlik zarar yetkazgan brakonyer qoʻlga olingan edi.