O‘zbekistonda oltin narxi yana rekordlarni yangiladi
eʼlon qilindi
29-mart kuniga
O‘zbekistonda besh grammlik oltin quyma narxi rekordlarni yangilashda davom etmoqda. 29-mart holatiga ko‘ra, Markaziy bank narxni 4,6 mln so‘m etib belgilagan.
Shuningdek, regulyator o‘n grammlik quyma narxini 9,3 mln so‘mgacha oshirdi. Bir kun avval 9,1 mln so‘mga tushgan edi.
Og‘irligi 50 gramm bo‘lgan qimmatbaho metallning narxi 45,7 mln so‘mdan 46,6 mln so‘mga oshdi.
Toshkent vaqti bilan 12:45da oltinning 1 troya unsiyasi uchun $2238,40 taklif qilingan edi, bu bir kun oldinga nisbatan 1,16 foizga ko‘proqdir.
Avvalroq «Kursiv» 2024-yil mart oyi boshida O‘zbekiston xorijga $1,3 mlrd oltin yetkazib bergani haqida yozgan edi.