O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Yashil makon» loyihasining amalga oshirilishini tanqid qilib, uch nafar mansabdor shaxsni ishdan bo‘shatishini ma’lum qildi. Bu haqda davlat rahbari bahorgi ekish mavsumini tashkil qilish hamda chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan yig‘ilishda ma’lum qildi.
Kasbi va Qarshi (Qashqadaryo viloyati), shuningdek, Toʻraqoʻrgʻon (Namangan viloyati) tumanlari hokimlarining oʻrinbosarlari oʻz lavozimlaridan mahrum boʻldi. Mazkur munitsipalitetlarning rahbarlariga tanbeh berildi.
Kasbi va Qarshi (Qashqadaryo viloyati), shuningdek, Toʻraqoʻrgʻon (Namangan viloyati) tumanlari hokimlarining oʻrinbosarlari oʻz lavozimlaridan mahrum boʻlishdi. Mazkur munitsipalitetlarning rahbarlariga hayfsan berildi.
Jami 28 nafar viloyat va tuman hokimlari va hokim o‘rinbosarlariga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanildi.
Bahorda «Yashil Makon» loyihasi doirasida 125 mln tup ko‘chat ekish rejalashtirilgan. Biroq O‘zbekistonning aksariyat viloyat va tumanlarida haligacha ekish uchun maydonlar ajratilmagan va byudjet mablag‘lari belgilanmagan. Xususan, Andijon, Buxoro, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida bu boradagi ishlar amalga oshirilmagan.
Taxiatosh, Mirzachoʻl, Zafarobod, Sharof Rashidov, Oqoltin, Xovos, Sardoba, Xonobod tumanlari, shuningdek, Sirdaryo, Guliston, Termiz, Yangiyoʻl shaharlari va Toshkentning 12 tumanida koʻchat ekish rejasi hatto 30 foizga ham bajarilmagan.
Avvalroq «Kursiv» «Yashil Makon» O‘zbekiston milliy dasturi muhokamasiga turk kompaniyalari jalb qilinganini yozgan edi.