Oliy Majlis Senati raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev Oʻzbekiston regbi federatsiyasi raisi lavozimiga qayta saylandi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bu haqdagi qaror federatsiyaning 29-mart, juma kuni boʻlib oʻtgan hisobot-saylov konferensiyasida qabul qilindi. Safoyevning nomzodi barcha tadbir ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.
Eslatib oʻtamiz, Safoyev bungacha ham ikki marta — 2013 va 2017-yillarda federatsiya rahbariga qayta saylangan edi.
Oʻzbekiston regbi federatsiyasi 2002-yilda tashkil etilgan boʻlib, Sport tashkiloti Osiyo regbi ittifoqi va World Rugby’ning bir qismidir.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston va Belarus biatlonchi va bokschilarni birgalikda tayyorlashi haqida xabar bergan edi.