Labo tugadi, shartnomalar qolmadi

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
29-mart kuni taxminan ikki soat ichida 18 ming shartnoma tuzildi
Foto: UzAuto Motors

UzAuto Motors kompaniyasi Labo avtomobili uchun shartnomalar yakunlangani haqida xabar berdi. 29-mart kuni taxminan bir soat ichida 18 ming shartnoma tuzildi.

Eslatib o‘tamiz, kompaniya 29-mart kuni ertalab soat 10 dan boshlab avtomobillarni sotishni boshlagan. Shartnoma yakunlangani haqidagi xabar 11:56 da paydo bo’ldi.

UzAuto Motors qayd etishicha, avtomobillar narxi o‘zgarishsiz qolgan.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda yigʻilgan KIA Sonet joriy yilning 10-aprelidan boshlab sotuvga chiqarilishi haqida xabar bergan edi. 

Shuningdek