30-mart kuni respublikaning aksariyat hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi

eʼlon qilindi
Qor ko‘chishi xavfi bor
Rasm: surkovdmitri / depositphotos.com

Bugun, 30-mart kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida bulutli ob havo bo‘ladi, biroq yog‘ingarchilik kutilmaydi. Farg‘ona vodiysining ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati esa 10-15 daraja iliq bo‘ladi, deb xabar beradi O‘zgidromet.

Toshkent shahrida havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo harorati 12-14 iliq, kechasi esa 5-7 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo bulutli bo‘ladi. Yog‘ingarchilik ba‘zi joylarida bo‘ladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Havo kunduzi 0-5 iliq va kechasi 0-5 sovuq bo‘ladi.        

Shuningdek