Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra, O‘zbekistonda joriy yilning 1-iyunidan boshlab «ekologik transport» tizimini bosqichma-bosqich joriy etish boshlanadi. Barcha transport vositalaring atrof-muhitga ta’sir darajasi baholanadi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra avtomobillarga ekologik stikerlar beriladi.
Stikerlar zararli chiqindilar hajmiga qarab uchta toifaga bo’linadi – «yashil», «sariq», «qizil». Avtomobil diagnostikasi va stikerlar berish bepul bo’ladi.
3 yildan kechiktirmay ishlab chiqarilgan elektromobillar va yangi avtomobillar diagnostikasiz «yashil» stikerlarni oladi.
O‘tgan yilning dekabr oyida O‘zbekistonda elektromobil bozori ketma-ket uchinchi oy pasayayotgani haqida xabar berilgan edi.