“O‘zatom” rahbari o‘zgardi

eʼlon qilindi
Lavozimni Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari egalladi
Foto: Energetika vazirligi

Baxram Mansurov boshqa ishga oʻtgani munosabati bilan Oʻzbekiston Energetika vazirligi huzuridagi «Oʻzatom» Atom energetikasini rivojlantirish agentligi direktori lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Endi uning o’rniga Azim Axmedxadjayev tayinlandi. Ayni paytda u energetika vazirining birinchi o‘rinbosari hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Baxram Mansurov 2023-yil avgustidan boshlab «O‘zatom»ni boshqarib kelayotgan edi. Uning vazifalariga respublikada atom energetikasini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, yadro va radiatsiyaviy xavfsizlik tizimlarini takomillashtirish kirar edi.

Shuningdek