Yangiliklar

Qo‘qon va Mo‘ynoq aeroportlari samolyotlarni qabul qilishga tayyor

Birinchi reyslar 1 aprel kuni amalga oshiriladi
Foto: «Kursiv»

Qo‘qon va Mo‘ynoq aeroportlari samolyotlarni qabul qilishga tayyor, deb xabar berdi UzAirports matbuot xizmati.

UzAirways 1 aprel kuni Qo‘qon – Toshkent va Mo‘ynoq – Nukus yo‘nalishlari bo‘yicha ilk parvozlarni amalga oshiradi.

Toshkentdan Qo‘qonga va ortga qatnovlar har kuni amalga oshiriladi: Toshkentdan uchish vaqti 11:30, Qo‘qonga qo‘nish — 12:30; Qo‘qondan jo‘nab ketish — 13:00, Toshkentga yetib kelish soat — 14:00.

Nukus – Moʻynoq – Nukus yoʻnalishi boʻyicha parvozlar haftasiga uch marta – dushanba, juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi. Nukusdan jo‘nab ketish vaqti — 09:00, Mo‘ynoqga yetib kelish — 09:35; Mo‘ynoqdan jo‘nash soat — 10:05, Nukusga yetib kelish — 10:40.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Seuldan uchayotgan samolyot Toshkentga sakkiz soatdan ko‘proq kechikib kelgani xabar qilingandi.