Elektr energiyasi uchun to’lovda nosozliklar yuzaga kelishi mumkin
eʼlon qilindi
Bu profilaktik ishlar bilan bog'liq
Ma’lumotlarni qayta ishlash markazida profilaktik ishlar tufayli Oʻzbekiston fuqarolari elektr energiyasi uchun onlayn toʻlovlarni amalga oshirishda nosozliklar yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda «Hududiy elektr tarmoqlari» xabar berdi.
Profilaktika 2 aprel seshanba kuni soat 00:00 dan 3 aprel chorshanba 22:00 gacha davom etadi.
«Ayni muddatda qarzdor iste’molchilarda elektr ta’minoti avtomatik tarzda o‘chirilmaydi», — deya aniqlik kiritdi kompaniya.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda kuchli shamol tufayli Toshkent viloyatining 12,5 ming aholisi uchun elektr energiyasi uzilgani haqida yozgan edi.