
Ma’lumotlarni qayta ishlash markazida profilaktik ishlar tufayli Oʻzbekiston fuqarolari elektr energiyasi uchun onlayn toʻlovlarni amalga oshirishda nosozliklar yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda «Hududiy elektr tarmoqlari» xabar berdi.
Profilaktika 2 aprel seshanba kuni soat 00:00 dan 3 aprel chorshanba 22:00 gacha davom etadi.
«Ayni muddatda qarzdor iste’molchilarda elektr ta’minoti avtomatik tarzda o‘chirilmaydi», — deya aniqlik kiritdi kompaniya.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda kuchli shamol tufayli Toshkent viloyatining 12,5 ming aholisi uchun elektr energiyasi uzilgani haqida yozgan edi.