«Chilonzor buyum savdo kompleksi» AJ («Ippodrom» bozori) 2024-yil 23-aprelga belgilangan aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini e’lon qildi.
Yig‘ilishda 2023-yilgi hisobot bo‘yicha foydani taqsimlash, joriy yilga rejalarni ko‘rib chiqish va amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Egasi yoki egasining qonuniy huquqiy vorisi yoxud merosxo‘ri tomonidan uch yil ichida talab qilib olinmagan dividendlarni jamiyat ixtiyorida qoldirish haqida ham so‘z boradi.
Aksiyadorlar reestri 17-aprel kuni shakllantiriladi. Ushbu ro‘yxatga kirish uchun T+2 tizimini hisobga olgan holda 15-aprelgacha kompaniya aksiyalarini sotib olishga ulgurishingiz kerak.
Avvalroq «Kursiv» Toshkent RFBning eng ko‘p sotiladigan o‘nta aksiyasidan eng yuqori dividend daromadini «Chilonzor buyum savdo kompleksi» bozori qog‘ozlari ko‘rsatganini e’lon qilgan edi.