Mirziyoyev Erdoʻgʻonni munitsipal saylovlar oʻtkazilganligi bilan tabrikladi
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻonni munitsipal saylovlar oʻtkazilgani bilan telefon orqali tabrikladi. Bu haqda Turkiya prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shavkat Mirziyoyev saylovlar demokratik yetuklik bilan oʻtganini taʼkidladi. Shuningdek, tomonlar joriy qoʻshma loyihalar va mintaqaviy kun tartibini muhokama qildi.
Maʼlumot uchun, 31-mart kuni Turkiyada munitsipal saylovlar boʻlib oʻtdi. Muxolifatchi Respublika xalq partiyasi (CHP) 37,7 foiz ovoz bilan 81 viloyatning 36 tasida gʻalaba qozondi. Shu bilan birga, hukmron partiya 35,5 foizga ega boʻlib, Anqara, Istanbul va Izmir kabi yirik shaharlarda muxolifat gʻalaba qozondi.
Prezident Erdoʻgʻan partiyasi magʻlubiyatga uchraganini tan oldi va xalq irodasini eʼtiborsiz qoldirmaslikka vaʼda berdi.