Oltin narxi tobora oshib bormoqda

eʼlon qilindi
Shu bois O‘zbekistonda oltin quymalari qimmatlashmoqda
Foto: NewAfrica / www.depositphotos.com

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, oltin quymalar narxi tinmasdan ko‘tarilmoqda. 1-aprel kuni, besh grammlik oltin quymaning narxi — 4,7 mln so‘m qayd etilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 29-mart kuni Markaziy bank besh grammlik oltin quymaning narxni 4,66 mln so‘m etib belgilagan edi. Bugunga kelib qimmatbaho metallning qiymati 29-martga nisbatan 1,11 foizga ko‘tarilgan.

Oltin narxi mart oyidan beri ko‘tarilib bormoqda. LBMA grafigi bo‘yicha, 19-mart kuni bir troy unsiya uchun narx $2,1 ming edi, 28-mart kuni esa $2,2 minggacha (kechki fiksing) ko‘tarildi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda yiliga necha tonna oltin qazib olinishini e’lon qilgan edi.

Shuningdek