O‘zbekiston hukumati metanning yangi maksimal narxini belgiladi
eʼlon qilindi
Narxi 100 so‘mga oshdi

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi yonilg‘i quyish shoxobchalarida sotiladigan metanning maksimal chakana narxini belgiladi, deb xabar qildi Energetika vazirligi.
1-iyungacha yengil avtomobillar uchun gaz narxi 1 kubometr uchun 3350 so‘mdan yuqori bo‘lishi mumkin emas.
Ilgari yoqilg‘ining maksimal narxi 1-aprelgacha 3250 so‘m edi.
Yoqilg‘i quyish shoxobchalari aprel oyi boshidan yoqilg‘i narxini oshirmoqchi ekani avvalroq xabar qilingan edi.