Oʻzbekistonda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot deyarli 4 foizga oʻsdi
eʼlon qilindi
2023-yil yakunlariga ko‘ra
2023-yil yakunlariga koʻra, Oʻzbekistonda aholi jon boshiga Yalpi ichki mahsulot (YaIM) salkam 29,3 million soʻmni tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika agentligi xabar bermoqda.
agentlikning maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkichning aniq qiymati 29 291 000 soʻmni tashkil etadi. Bu 2022-yilgi koʻrsatkichdan 3,8 foizga koʻpdir.
Maʼlumot uchun, aholi jon boshiga YaIM — iqtisodiy faollik va turmush darajasining koʻrsatkichidir. U mamlakat yalpi ichki mahsulotini uning aholisi soniga boʻlish yoʻli bilan hisoblanadi.
Avvalroq «Kursiv» 2024-yilning birinchi choragi yakuniga koʻra, Oʻzbekistonda yalpi ichki mahsulot oʻsishi 6 foizdan ortiq boʻlishi kutilayotgani haqida xabar bergan edi.